Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2026
Chop etish
JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.

Kengaşining 3-sonli majlisi taqdirlaş marosimi bilan boşlandi.Unda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bölgan universitet professor-öqituvçilariga tegişli diplomlar tantanali ravişda topşirildi.

Dastlab, universitetda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayonlari sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda mavjud holat, erishilgan natijalar hamda ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, universitetni xalqaro va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, belgilangan talablar ijrosini ta’minlash, ta’lim dasturlari va faoliyat yo‘nalishlarini tegishli mezonlar asosida takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala «4+2» modeli asosida pedagogik amaliyotni tashkil etish holati va uning samaradorligiga bag‘ishlandi. Unda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik amaliyot sifatini oshirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar, mavjud muammolar va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash masalasi ham alohida muhokama qilindi. Xususan, xalqaro reyting tashkilotlari mezonlari asosida faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy salohiyat, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik va akademik natijalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim tizimiga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF–209-sonli «Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-sonli «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari sifati indeksini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Ulashish:
310
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi. Kengaşining 3-sonli majlisi taqdirlaş...
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.