Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlashning huquqiy asoslari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari hamda bu boradagi zamonaviy muammolar muhokama qilindi.
Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, huquqshunoslar va soha mutaxassislari ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.







Yalpi majlisda iqtisodiy huquqlar kafolatlari, tadbirkorlik erkinligi, korporativ nizolar, inson huquqlarini ta’minlash, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda sun’iy intellektdan foydalanishda shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.








Shuningdek, konferensiya doirasida sho‘ba yig‘ilishlari va ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir ilmiy tajriba almashish, huquqiy muammolar yuzasidan fikr va takliflarni muhokama qilish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.






