Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
08/09/2026
Chop etish
JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya qilishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi, pora olish va berish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik va nepotizm kabi korrupsiyaviy holatlar misollar asosida tushuntirildi.

Uchrashuv davomida Virtual akademiya elektron platformasining o‘quv imkoniyatlari hamda akademik halollik tamoyillari haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, ko‘chirmachilik va akademik insofsizlikning ta’lim jarayoniga hamda talabaning shaxsiy va kasbiy rivojiga salbiy ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ulashish:
657
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.