Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Dastlab Aniq fanlar va pedagogika oliy maktabi faoliyati bilan tanishilib, zamonaviy in-vitro laboratoriyalari ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng mehmonlar universitetning sport majmualarida bo‘lib, voleybol, basketbol va kurash bo‘yicha mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdilar. «Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi» respublika chempioni bo‘lgan futbol jamoasi a’zolari bilan muloqot o‘tkazilib, sportchilarning erishgan natijalari va kelgusi rejalari haqida suhbatlashildi.









Shuningdek, inklyuziv ta’lim yo‘nalishidagi yoshlardan iborat futbol jamoasining o‘yini kuzatilib, jamoa a’zolari va mutaxassislar bilan muloqot qilindi.



Tashrif doirasida universitetning yangilangan Madaniyat saroyi ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda mehmonlar orkestr va maqom jamoalarining ijrolaridan bahramand bo‘ldilar.



Dastur yakunida universitet kutubxonasi va suzish havzasi ko‘zdan kechirilib, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma va imkoniyatlar bilan tanishildi.






