Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/09/2020
Chop etish
Ijodiy imtihonlar davom etmoqda.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutidagi mavjud 8 ta alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga  7  mingga yaqin abiturient ro‘yxatdan o‘tgan.

Kecha 2 sentabr kuni alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari boshlandi.Ta’kidlash joiz Abiturientlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Institut  hududiga kirish dezinfeksiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abiturient tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llarini tozalashmoqda. Ayni paytga qadar   virus alomatlari bor abiturientlar kuzatilmagan.

 

Shu o‘rinda abiturientlarning yaqinlar, ota-onalariga yana bir bor eslatib o‘tamiz Kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan yo‘nalishlardan tasviriy san’at va musiqa ta’limi yo‘nalishlarini  live.jdpu.uz saytidan , jismoniy madaniyat yo‘nalishi imtihon jarayonini live2.jdpu.uz sayti orqali  onlayn ko‘rish imkoniyati mavjud. Imtihon o‘tkaziladigan  barcha hududlarga  veb -kameralar o‘rnatilib, abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni kuzatib borishlari uchun sharoit yaratildi.

 


Ulashish:
1 945
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...