Jizzax davlat pedagogika universitetida Kahoot raqamli platformasi orqali talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada jami 600 nafar talaba ishtirok etdi hamda o‘yinlar 3 tur asosida tashkil qilindi.
Har bir tur yakuniga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafardan talaba g‘olib deb topildi.





Turnir jarayonini Yoshlar ishlari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Qo‘shmurodov ochib berib, bugungi kunda universitetda talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.








Mazkur intellektual loyiha yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda kelajakda intellektual va tashabbuskor yoshlar safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
