Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflar reja asosida davom ettirilmoqda.
Har hafta ikki marotaba — seshanba va payshanba kunlari tashkil etilayotgan mazkur tashriflar davomida ilmiy-ijodiy jamoa markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib bormoqda.

Tashriflar davomida Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonlari, zamonaviy arxitektura yechimlari hamda kelajakdagi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.




Shuningdek, professor-o‘qituvchilar markazda namoyish etilayotgan eksponatlar, qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishmoqda.
