Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/03/2019
Chop etish
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

Jizzax davlat pedagogika institutida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”  bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri

 

2019 yil 7 mart kuni A.Qodiriy nomidagi  Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”  bayrami munosabati bilan “Bayramingiz muborak, aziz ayollar!!!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori prof.A.J.Xolbekov kirish so‘zi bilan ochib berdi, institut rektori o‘z so‘zida institutda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarni, talaba qizlarni kirib kelayotgan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bay  rami munosabati bilan tabrikladi. Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi Hamidulla Meliev, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi, Yoshlar ittifoqi stipendianti Farrux Pardaboevlar bayram tabrigi uchun so‘zga chiqdilar.

Shundan so‘ng 2018-2019 o‘quv yilida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda yuksak marralarga erishgan, ilmiy darajalarga erishgan ayol professor-o‘qituvchilar, turli ko‘rik-tanlovlarda, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba-qizlar hamda bayram munosabati bilan institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari institut rahbariyatining faxriy yorliqlari va kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirning badiiy qismida institutning musiqiy ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.  Tadbirda jami 560 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

 


Ulashish:
1 431
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...