Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/02/2018
Chop etish
Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz

Jizzax davlat pedagogika instituti Harakatlar strategiyasi markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi “Targ’ibot tadbirlarini o’tkazish to’g’risida”gi xatining ijrosini ta’minlash, shuningdek institutda tahsil oluvchi talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish  maqsadida  “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” deb nomlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, alkogolizm, kashandalik kabi illatlarning oldini olish, ular haqida yetarlicha ma’dumotlarga ega bo’lish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda  viloyat OITSga qarshi kurashish markazidan, viloyat Narkologiya dispanseridan, viloyat Sanitariya epidemiologiya stansiyasi kabi sog’liqni muhofaza qiluvchi muassasalardan vakillar ishtirok etdilar.

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’limi uslubchisi 

A. Xolboyev


Ulashish:
2 109
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.