Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

  “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish”

Jizzax davlat pedagogika institutida “Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Jizzax viloyat ichki ishlar  boshqarmasi vakillari, Jizzax shaxar mahalla profilaktika inspektorlari,  institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bugungi kunda Jizzax shahri hududida yoshlar o‘rtasida  jinoyatlar va huquqbuzarliklar soni oshib ketayotganligi,  ushbu jinoyatlarning aksariyati talaba-yoshlar tomonidan sodir etilayotganlgi ayanchlidir. Jinoyatlar asosan spirtli ichimliklar ichish, hech qaerda ishlamaslik, tungi paytlarda  bemaqsad yurish oqibatida yuzaga kelayotgani ham bor gap. Jizzax viloyat IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari M.Umarov ushbu ma’lumotlarni keltirish bilan bir qatorda, talaba yoshlarni turli firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik, yot g‘oyalar ta’siriga tushmaslik, firibgarlik ishlariga bilib -bilmay aralashib qolmasliklari uchun ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Hushyorlik va ogohliklikka da’vat tariqasida o‘tkazilgan tadbirda shuningdek ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan doimiy xabar olish ularning sharoitlari bilan yaqindan tanishish, tartib intizomga rioya qilish borasida bir qator fikr mulohazalar bildirildi. O‘ylanmay bosilgan qadam, orzular ostonasidagi yosh niholni kelajagini  sindiradi, barbod qiladi. So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman deyishadi.   Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar bugun o‘z oilasidan olisda ozodlikdan mahrum qilingan afsus va nadomatlar chekayotgan bir guruh  kimsalar hayotidan misollar keltirib o‘tishdi. Hayot insonga bir marta beriladi. Bu hayotni  har kim hohlagancha yashab o‘tadi. Kimdir ezgu maqsadlar bilan oila quradi,ilm oladi, jamiyatga foydasi tegishini o‘ylaydi, muvaffaqiyatlarga erishadi. Yana kimlardir esa turli qing‘ir yo‘llar bilan tezroq boyish, oson pul topish ilinjida o‘z kelajagiga bolta uradi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni ezgu orzu maqsadlar sari yetaklash, ularni o‘qib bilim olishlari uchun barcha shaoitlar yaratilgan mana shunday lahzalardan unumli foydalanish, inson degan nomga dog‘ tushirmaslikka chaqirish edi desak xato qilmagan bo‘lamiz.   Qahhorov ISLOMJON  “YoSh IJODKORLAR” klubi a’zosi