Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR O‘ZBEK ADABIYOTINING BUYUK SIYMOSI

Mirzayev Bekzod Nuraliyevich, JDPU Tarix fakulteti O`zbekiston tarixi kafedrasi katta o`qituvchisi, tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining Navoiydan keying buyuk siymosi hisoblanadi. Uning ijodini esa g‘azal janrisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu o‘rinda oshiqona g‘azallar, alohida, ahamiyatga ega.  G`azallarida  ma’shuqaning  qiyossiz  go‘zalligi   o‘ziga  xos  badiiy   timsollar  vositasida tasvirlanadi. Ushbu g‘azallarining ajoyib xususiyati shundaki, shoir g‘azalning biror baytida oshiq yoki ma’shuqa  jumlasini  keltirmaydi.  Uni turli o‘xshatishlar va ta’riflar orqali o‘quvchiga yetkazadi. Yuzida ul labi xandon ko‘rinur, Sutga ko‘p boqsa, bale, qon ko‘rinur. Xatti mushkinmudurur gul yuzida, Yo suman ustida rayhon ko‘rinur.[1] Bu yerda Bobur ma’shuqasining chehrasini yoritmoqchi bo‘lib labini xandon, labi ustidagi mayin tukchalarni esa mushkka o‘xshatadi. Quyidagi   baytda  esa  ma’shuqaning   libosiga  e’tibor  qaratilib  uni  o‘ziga  xos o‘xshatishlar bilan ta’riflaydi. Gar siym bargi gulni qilsa libos o‘ziga , Bo‘lg‘aymu, ey gulandom, ko‘nglak bila taningdek? [2] Shoir   ma’shuqasining qaddini siymga , gulni esa uning libosiga qiyoslaydi va gul yuzli  yoriga   murojaat  etib,  bu  o‘xshatish  unga  mos  yoki  mos  emasligini  savol tariqasida so‘raydi. Olida go‘yin ko‘rung, ilgida chavgonin ko‘rung, Yuzida zulfi bila go‘yi zaxandonin ko‘rung! Sekretib yeldurganida tavsanig‘a ko‘z soling, Yoyqolib yo‘l yursa, sarvi xiromonin ko‘ring![3] Bobur  bu  o‘rinda  ma’shuqasiga  yuqoridagi  g‘azallariga  nisbatan boshqacharoq yondashadi. Ma’shuqasini ot ustida go‘y, ya’ni koptok  o‘ynayotgan  holatda tasavvur etib,  yorining ot ustida qanday mahorat bilan yuzishini o‘zgacha zavq bilan ta’riflaydi. Bobur she’riyatida ma’shuqaning tashqi qiyofasini gavdalantirishga bag‘ishlangan  bir qator tasvirlar  ijodkorning dunyo go‘zalligini, yor go‘zalligini, insoniy go‘zallikni yaqindan his qila olganligini , u orqali zavqlanishi va ta’sirlanishi natijasida ijodkorda butun  zamona  va  hayotni  shunday  go‘zal  hamda  betakror  ko‘rish  havasi , orzusi tug‘ilganini ko‘rsatadi. “Bobur  g‘azallarida yorning  lutfu  inoyatidan  mamnunlik,  beqiyos go‘zalligini tomosha qilib lazzatlanish,  yor  vaslini e’zozlash  tuyg‘ulari  alohida  o‘rin  egallaydi. Garchi bu mazmundagi she’rlarda ham an’anaviy shikoyat ohanglari eshitilib tursa-da, lirik qahramon hasratomuz ifodalar emas, balki sevgi va go‘zallikni kuylovchi navolar orqali o‘z yorini  ulug‘lab  boshiga ko‘taradi”.[4]   “Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen…” deya boshlanuvchi g‘azali shunday asarlardandir. Sog‘inmas “jannatul-ma’vo”ni Bobur, Aning ko‘nglida to ma’vo qilibsen.[5] Bobur ijodining bir qancha o‘rinlarida ma’shuqaning ishq masalasidagi zolimligi haqida fikr yuritilib, unda oshiq o‘z yorining qiynoqlaridan ozor chekadi: Ul pari ishqida yo‘q o‘lmoqdin o‘zga choraye, Chun – o‘zi qotil, so‘zi – muhlik, ko‘zi – xunxor emish.[6] Yuqoridagi  baytda  oshiq ma’shuqasining ishqidan behad zulm ko‘rganligi sabab o‘lishdan  o‘zga  chora  yo‘q  deydi. U yorining zolimligi sabab mahbubasini qotilga, so‘zini  yolg‘onga,  ko‘zini esa qonxorga qiyoslaydi. Umuman, Bubur  she’riyati o‘zining janr xususiyatlari, mavzu doirasi bilan o‘zbek adabiyotining  nodir  namunalari  qatoridan  faxrli  o‘rin  egallaydi. Ulardagi hayot va insonni qadrlash,  go‘zallikdan  bahramand  bo‘lishga  intilish  haqida  oshiq  zamiriga yashiringan  lirik  qahramon  –  Boburning   shaxsiy  qarashlari   orqali  bilib  olamiz . Shuning uchun ham Bobur she’riyatini ul zot yashab o‘tgan murakkab davrning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusi deyish mumkin.     [1] Navoiy, Bobur. G‘azallar. – Toshkent : “Yangi asr avlodi”, 2019. 188-bet. [2] Navoiy, Bobur. G‘azallar. – Toshkent : “Yangi asr avlodi”, 2019. 198-bet. [3] Navoiy, Bobur. G‘azallar. – Toshkent : “Yangi asr avlodi”, 2019. 198-bet. [4] Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi . –Toshkent: “Sharq”, 2014. 310-betlar. [5] Navoiy, Bobur. G‘azallar. – Toshkent : “Yangi asr avlodi”, 2019. 198-bet. [6] Navoiy, Bobur. G‘azallar. – Toshkent : “Yangi asr avlodi”, 2019. 235-bet.