“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (14.09.2021 y.)
mazmun-mohiyatini yoritish bo‘yicha
ANNOTATSIYa
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun
har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi
(2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi):
➖ olis, borish qiyin hududlardagi budjet
bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;
➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda
yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga;
Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan
bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan ham soliq undirilmaydi.
Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga
BHMning kamida1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashi mumkin
(2021 yil
1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan
0,3 koeffitsientda qo‘llaniladi.
Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O‘zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig‘imdan ozod qilinadi (
2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
YaTTlar daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq,
2022 yil 1 yanvargacha davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga ko‘ra
soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:
- turizm, transport va umumiy ovqatlanish bilan band tadbirkorlarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha;
- 2020 yilda hisoblangan va qiyinchiliklar bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan ularning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer solig‘i bo‘yicha;
- 2020 yil 15 maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha.
2021 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari:
▪️ foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan
50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
▪️ ijtimoiy soliqni
1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
▪️
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Quyidagilar mol-mulk, yer, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, YaTTlar uchun daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
👉 Prezident qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani
uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari
– 2024 yil 1 yanvargacha;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasining
Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari – 2024 yil 1 yanvargacha. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan
50 foiz pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
👉Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi
45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari –
2026 yil 1 yanvargacha. Tadbirkorlik sub’ektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi.
Ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi
soliq rejimi kiritildi.
Alohida hududlar quyidagilardan iborat:
- Farg‘ona viloyatining So‘x tumani
- Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi
- Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko‘chasi
Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda
belgilanadi:
- foyda va daromad solig‘i bo‘yicha – 1 foiz;
- tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming so‘m.
Ijtimoiy soliq bo‘yicha:
- yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga BHMning kamida 1 baravari;
- aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
Soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilmagan joyda yer solig‘ini, mol-mulk solig‘ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bunday majburiyat yuzaga kelgandan boshlab
o‘n kun ichida soliq solish ob’ektlari haqida ular joylashgan yerda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga
murojaat qilishi kerak.
Davlat organlari soliq solish ob’ektlariga oid ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida
elektron shaklda taqdim etadi.
Asos: O‘RQ–714-son Qonun, 14.09.2021 y.