Joriy yilning 20 aprel kuni institut axborot –resurs markazida «Axborot-kutubxona haftaligi» doirasida Chet tillar fakultetining Ingliz tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi bilan hamkorlikda “Yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirish masalalari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilari va207-308 guruh talabalari hamda axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni ARM bo‘lim boshlig‘i M. Hayitova kirish so‘zi bilan ochib berdi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish masalalari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida markazimizda axborot- kutubxona haftaligi doirasida «Har bir kitobxondan bir kitob» hadya tadbiri o‘tkazishni rejalashtirdik . Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir”.
Shundan so‘ng, Ingliz tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri R.Norbekova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning sifatli kitob mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish to‘g‘risida” 2017 yil 27 fevralda qabul qilingan 11-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan fakultetda olib borilgan ishlar to‘g‘risida fikr yuritdi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi N. Isanova mazkur qarorda ko‘tarilgan masala bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini ta’kidladi.
So‘ngra, 207-308 –guruh talabalari S. Yaxshiboyeva, S.Asadullayeva, X. Xaitov, N. Sobirjonova , M. Uskanovalar hozirgi yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasiga e’tibor biroz susayganligini, ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni afzal ko‘ruvchilar ko‘pchilikni tashkil etishini ta’kidladi.
Tadbirda axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan ”Yangi adabiyotlar siz uchun” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasini S. Darvisheva ishtirokchilarga qisqacha sharhlab berildi.
Tadbirni axborot- resurs markazi xodimasi D.Axmadjonova yakunlab, talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga chaqirdi.