Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil kelajak sari: bioxilma-xillikni saqlashning innovatsion strategiyalari va fan, ta’lim, ishlab chiqarishning zamonaviy paradigmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Mazkur anjuman doirasida bioxilma- asrash, ekologik muammolar yechimlari hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Anjuman fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalar almashinuvi va amaliy tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda. Tadbirda soha olimlari, tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘z ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etmoqda.



Shuningdek, anjuman davomida sun’iy intellekt va raqamli platformalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, zamonaviy biologiyaning yutuqlari hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribalar va innovatsion takliflar muhokama qilinmoqda.



Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.


