Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2022
Chop etish
“XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING TURLICHA YОNDASHUVLARI” MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Jizzax davlat pedagogika instititutida2022 yil 18 May kuni Chet tillar fakulteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son qarori ijrosi bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika instituti rektori va Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida imzolangan qo‘shma buyruq asosida Jizzax viloyatidagi 4 ta tumandan ( Baxmal, G‘allaorol, Sh.Rashidov va Jizzax shahri) jami 200 dan ortiq Chet tili o‘qituvchilari uchun  “XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING TURLICHA YONDASHUVLARI” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi.

Seminarni Institut o‘quv ishlari prorektori B.To‘xtamishev, Chet tillar fakulteti dekani A.Mamatov kirish so‘zlari bilan ochib berishdi.  Shundan so‘ng Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi professor o‘qituvchilari A.Jabborova, Sh.Eshonqulov, Sh.Djabborov, M.Djuraeva, D.Haydarovalar trening darslari o‘tishdi.

 

 

Ushbu seminar treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari Chet tili o‘qituvchilarini metodik qo‘llab quvvatlash, o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi, texnologiyalarini joriy etishda tajriba almashish va o‘qituvchilarning til bo‘yicha ko‘nikmalarini, kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida o‘qituvchilarga o‘qitishdagi zarur va foydali internet saytlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, metodik manbalar berib o‘tildi.

Seminar so‘ngida “BOOK RAFFLE” kitoblar lotereyasi tashkillashtirildi va 25 nafar g‘oliblarga “Reconceptualizing Language Teaching: an in-service Teacher Education Course in Uzbekistan” nomli metodik kitob taqdim etildi.


Ulashish:
1 824
Boshqa rubrikalarda mashhur

G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.