Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2025
Chop etish
Xitoylik mehmonlar Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi.

Ayni kunlarda Jizzax viloyatida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar va turli sohalar vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

Shu munosabat bilan delegatsiyaning bir guruhi bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xitoyning Nankin shahri vakillaridan iborat Nankin Turizm instituti hamda Sujou universiteti professori Xiao Fei boshchiligidagi mehmonlar ishtirok etdilar.

Do‘stona muhitda o‘tgan suhbat tomonlarning o‘zaro tanishuvi bilan boshlandi. Uchrashuvda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Farrux Akchayev mehmonlarga oliy ta’lim maskani tarixi va bugungi faoliyati yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora Jabborova universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari, xorijiy universitetlar bilan imzolangan memorandumlar va amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Universitet rektorining barqaror rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi G‘ayrat Qodirov uchrashuvning asosiy maqsadini ochiqlab berdi. Uning ta’kidlashicha, muzokaralar doirasida:

• universitetda Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish,

• o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish,

• Xitoylik talabalarni qabul qilish hamda ular uchun rus va o‘zbek tili kurslarini tashkil etish,

• Xitoy tili bo‘yicha bakalavriat dasturini joriy etish,

• Tibbiyot fakulteti qoshida tibbiyot klinikasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xitoylik mehmonlar ham ushbu takliflarni qiziqish bilan qarshi oldilar va ayni yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi amaliy qadamlarni belgilash va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yana uchrashishga kelishib, samimiy muhitda xayrlashdilar.


Ulashish:
1 826
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.