Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/03/2022
Chop etish
UZTESPING LOYIHASI DOIRASIDA TASHKIL ETILGAN XALQARO METODIK SEMINAR

Chet tillar fakulteti Ingliz tili oʼqitish metodikasi kafedrasi tomonidan 17.03.2022 kuni JDPI majlislar zalida Jizzax viloyatidagi OTMlarning  (JDPI, JizPI, O’zMU Jizzax filiali, Sumbhram universtiteti) UzTESPING loyihasi asosida ESP – English for Spesific Purposes (Nofilologik yo’nalishlarda maxsus maqsadlarda yo’naltirilgan Ingliz tili) ) professor-o’qituvchilari uchun  xalqaro seminar-trening bo’lib o’tdi.

Mazkur seminarda 60 dan ortiq Ingliz  tili o’qituvchilari ishtirok etishdi.  Seminar-trening UzTESPING loyihasi doirasida O’zRVM huzuridagi Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi, I.M.Gubkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universtiteti, JDPI Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi, UzTESPING loyihasining Jizzax viloyati koordinatori Sh. Djabbarov tomonidan tashkil etildi. Tadbirni JDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gʻ.Qodirov, Chet tillar fakulteti dekani A.Mamatov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Soʻngra AQShning Oʻzbekistondgai elchixonasidan tashrif buyurgan ELF Estela Eaton, Hindistonlik mutaxassis Ravinder Gresh, Buyuk Britaniya Varvik universiteti PhD doktoranti Kamila Tangirova, Xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirish agentligi Jizzax viloyati hududiy vakilligi boshligʻi O.Jumanov,  I.M.Gubkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universtiteti kafedra mudiri D.Kadirova, Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri A.Jabborova oʻz taqdimotlari bilan davom ettirishdi. Taqdimotlar davomida Ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy metodlari va texnologoyalari haqida maʼlumot berib oʻtishdi.


Ulashish:
858
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.