Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2021
Chop etish
Zulfiyaxonim mukofoti sohibasi rektor qabulida bo‘ldi.

O‘zbek adabiyotining zabardast vakilasi O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim ijodi va shaxsiyati millionlab qalblarni go‘zal tuyg‘ularga, cheksiz hurmatga oshno etaveradi. Necha yillardan buyon mamlakatimizda iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti topshirilib, ularning har taraflama qobiliyatlarini rivojlantirish, kelgusida jamiyatda faolliklarini oshirish maqsadi ko‘zlangan.

Bu yili ham ushbu mukofot munosib egalariga taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 2 martdagi Qaroriga binoan yurtimizdagi turli go‘shalaridan saralangan  qizlar qatorida  Jizzax davlat pedagogika institutining Xorijiy tillar  fakultetining  2-kurs talabasi  Muqaddas Mamarasulova  ham ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Bugun Muqaddas Mamarasulova quvonchli kun va taassurotlari bilan bo‘lishish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov bilan qabulida  bo‘ldi.  Samimiy suhbat davomida Muqaddas  Mamarasulova bu yuksak mukofotni oqlash uchun yanada harakat qilishini, faollikni qo‘ldan bermay izlanishdan charchmasligini, bildirib o‘tdi. O‘z navbatida institut rektori Zulfiyaxonim mukofoti sohibasi shu nomga sazovor bo‘lib elning ardog‘idagi shoira ayol kabi ulug‘likka erishishini tiladi.

Suhbat so‘ngida institut rektori Muqaddas Mamarasulovani mukofot bilan yana bir bor  tabriklab  unga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.


Ulashish:
1 011
Boshqa rubrikalarda mashhur

Muhtarama va mo‘tabar ayollar, qadrli ustozlar, aziz talaba qizlar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...