Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2026
Chop etish
“Yashil kelajak sari” – ilmiy anjuman boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil kelajak sari: bioxilma-xillikni saqlashning innovatsion strategiyalari va fan, ta’lim, ishlab chiqarishning zamonaviy paradigmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Mazkur anjuman doirasida bioxilma- asrash, ekologik muammolar yechimlari hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Anjuman fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalar almashinuvi va amaliy tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda. Tadbirda soha olimlari, tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘z ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, anjuman davomida sun’iy intellekt va raqamli platformalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, zamonaviy biologiyaning yutuqlari hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribalar va innovatsion takliflar muhokama qilinmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.


Ulashish:
55
Boshqa rubrikalarda mashhur

Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik garovi: JDPUda profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir tashkil etildi.
“Muvaffaqiyat siri”: Zulfiya mukofoti sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir universitet rektori Maksudjan Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.
“Yashil kelajak sari” – ilmiy anjuman boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil kelajak sari: bioxilma-xillikni saqlashning innovatsion strategiyalari va fan, ta’lim, ishlab chiqarishning zamonaviy paradigmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi....