Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/01/2021
Chop etish
Yakuniy nazoratlar adolatli va shaffof o‘tsin…

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika isntituti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2020-2021 o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy nazoratlari boshlandi. Yakuniy nazoratlarni shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut  jamoatchilik kengashi tomonidan ishchi guruhlari tashkil etildi. Ushbu guruh a’zolari har bir fakultetga biriktirilgan bo‘lib ular yakuniy nazoratalar o‘tkazilayotgan  aiuditoriyalar va ma’ruza zallarida bo‘lish bilan bir qatorda professor o‘qituvchilar bilan ham suhbatlar olib borishmoqda. Ana shunday tadbirlardan  biri Chet tillar fakultetida bo‘lib o‘tdi.

 

Biriktirilgan ishchi guruhi vakillari, fakultet dekani, o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda dastavval  fakultet dekani Abdug‘ofir Mamatov so‘z olib bugun prinsipial bir birimizning yuzimizga qarab gapiradigan payt kelganligini, oddiy talaba o‘z ustozidan unga va tengdoshlariga  o‘rnak bo‘lishini dadil ayta olishini, korrupsiyaga sira yo‘l yo‘qligini,  Buning uchun esa  vijdonan yondoshish lozimligini   ta’kidlab o‘tdi. Samimiy  suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda institut jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etilgan gurux vakili Muzraf Rabbimov ham so‘zga chiqib    talabaga ortiqcha yuklamalar qo‘ymaslik ularga imkon darajada yengillik berish va shu bilan bir qatorda yakuniy nazoratalarni adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash borasida bir qator tavsiyalarni berib o‘tdi.


Ulashish:
971
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.