Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2026
Chop etish
Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Dr. Jean Paul van Marissing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda akademik aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Bugungi kunda tomonlar o‘rtasida MA TESOL magistratura yo‘nalishi bo‘yicha samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuvda ushbu tajribani yangi yo‘nalishlar bilan boyitish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, mehmonlar universitetning ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.


Ulashish:
564
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.