Joriy yilning 6 sentyabr kuni Jizzax musiqali drama tetri bosh binosida teatrning 98-mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyati hokimlik vakillari, Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari, Jizzax davlat pedagogika institutining 20 nafar professor-o‘qituvchilari hamda 400 nafar talaba-yoshlari, shuningdek Jizzax viloyat Milliy gvardiya harbiy bo‘linmasi xizmatchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat hokimlik vakillari hamda viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari tomonidan teatr ma’muriyatini ushbu kun bilan tabriklashdi. Tadbirning badiiy qismida taniqli adabiyotshunos olim Mirkarim Osim asari asosida teatr bosh rejissyori Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirlgan “To‘maris” spektakli namoishi tomoshabinlarga taqdim etildi. Ushbu sahnalashtirilgan dramatik asar spektaklni tomoshabinlar tomonida iliq qarshi olindi. Dramatik asarda Massagetlar malikasi To‘marisning afsonaviy jasorati turli qarama qarshilik va to‘qnashuvlar, shu jumladan xarakterlar va maqsadar to‘qnashuvi orqali badiiy tasvirlandgan. Asarda to‘maris nafaqat sharq ayoli timsoli, balki “vatan har narsadan ulug‘ va aziz” degan g‘oyani ilgari suruvchi qahramon sifatida gavdalantirilganligi bilan ham e’tiborga loyiq.