Bugun tashrif doirasida Beijing til va madaniyat universitetida BLCU Financial Street Education tashkiloti va Beijing Language University Press vakillari bilan o’zaro hamkorlik yuzasidan qo’shma muzokaralar o’tkazildi.
Universitet delegatsiyasi dastlab Beijing til va madaniyat universiteti bilan qisman tanishdi, so’ng BLCU Press tomonidan nashr qilinayotgan o’zbek va rus tillarida tayyorlangan xitoy tili darsliklari bilan yaqindan tanishdi.


O’tkazilgan kelishuvlar natijasida univeritetda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan xitoy tili markaziga BLCU Financial Street Education tashkiloti xitoy tili o’qituvchilarini va BLCU Press o’quv mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan xitoy tili o’qitish darsliklarini yetkazib berishga kelishildi.


Shuningdek, Beijing til va madaniyat universitetida universitetning filolog o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish kurslarini tashkil etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.
