Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2021
Chop etish
«Umumta’lim maktablarida chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2021 yil 12-mart kuni Jizzax davlat pedagogika instituti, Chet tillar fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili hamda Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedralari va Jizzax viloyat XTB bilan hamkorligida Zafarobod va Arnasoy tumanlari Ingliz tili o‘qituvchilariga «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi» g‘oyasi doirasida «Umumta’lim maktablarida chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar» mavzusidagi seminar-trening tashkil qilishdi.

Seminar trening Zafarobod tumani XTBgaqarashli 10-son o‘rta maktabda bo‘lib o‘tdi. Mazkur treningda ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi mudiri Sh. X. Djabbarov- “Maktab o‘qituvchilarining metodik layoqatini shakllantirish”, tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi mudiri PhD U.U.Jumanazarov – “Chet til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari”, kafedra katta o‘qituvchisi PhD O. Shamsieva – “Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda AKT foydalanish”, ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi o‘qituvchilari G. Babajanova – “O‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati”, X. G‘anieva – “Ingliz tilini o‘qituvchilari uchun SMART o‘qitish metodlari”, hamda kafedra o‘qituvchisi E. Ortiqova – “Ingliz tili  o‘qituvchilari uchun uqish texnologiyalari” mavzularida seminar trening mashg‘ulotlarini tashkil etishdi. Seminar treningda Zafarobod va Arnasoy tumanlarining 50 dan ziyod ingliz tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

 

 

 

 


Ulashish:
767
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...