«Umumta’lim maktablarida chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
2021 yil 12-mart kuni Jizzax davlat pedagogika instituti, Chet tillar fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili hamda Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedralari va Jizzax viloyat XTB bilan hamkorligida Zafarobod va Arnasoy tumanlari Ingliz tili o‘qituvchilariga «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi» g‘oyasi doirasida «Umumta’lim maktablarida chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar» mavzusidagi seminar-trening tashkil qilishdi.
Seminar trening Zafarobod tumani XTBgaqarashli 10-son o‘rta maktabda bo‘lib o‘tdi. Mazkur treningda ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi mudiri Sh. X. Djabbarov- “Maktab o‘qituvchilarining metodik layoqatini shakllantirish”, tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi mudiri PhD U.U.Jumanazarov – “Chet til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari”, kafedra katta o‘qituvchisi PhD O. Shamsieva – “Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda AKT foydalanish”, ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi o‘qituvchilari G. Babajanova – “O‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati”, X. G‘anieva – “Ingliz tilini o‘qituvchilari uchun SMART o‘qitish metodlari”, hamda kafedra o‘qituvchisi E. Ortiqova – “Ingliz tili o‘qituvchilari uchun uqish texnologiyalari” mavzularida seminar trening mashg‘ulotlarini tashkil etishdi. Seminar treningda Zafarobod va Arnasoy tumanlarining 50 dan ziyod ingliz tili o‘qituvchilari qatnashishdi.