Uch avlod vakillarini birlashtirgan uchrashuv.
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan tashkil etilgan “UCh AVLOD UChRAShUVI” ga Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritgan, nafaqadagi faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda viloyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari va talaba yoshlar taklif etildi. Uchrashuvni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
“Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oliygohimizda an’anaga aylanib borayotgani quvonarli. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbir barchamizni “inson qadrini ulug‘lash” g‘oyasi ostida birlashtirdi. Ezgu maqsadlarni mujassam ettirgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirining o‘tkazilayotgani yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlar, yosh avlod uchun barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari borasidagi erishilgan yutuqlar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.” -deydi universitet rektori Sh.Sharipov
Xabaringiz bor muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 21.06.2022 yil “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-289 sonli qaroriga ko‘ra A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga, rasman Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi. Oliygohga universitet maqomining berilishi munosabati bilan xorijiy hamkorlarimiz OTM lar jamaosi ham o‘z tabrik xatlarnii yo‘llashmoqda. Tadbir davomida hamkorlarimiz tomnidan yo‘llangan tabriklar ham o‘qib eshshtirildi.
O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan tadbirda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, ta’lim tizimidgi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida birlashish mas’uliyati muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar xususan keksa avlod vakillari hayotiy tajribalari, ular erishgan yutuqlar, qilgan ishlar haqida yoshlarga aytib berishdi.
Tadbir oliygohda tashkil etilgan “E.Lutfillaev” talabalar maqom ansambli va xonandalarning konsert dasturi bilan davom etdi.
Shaxrimizdagi Visol to‘ylar maskanida o‘tkazilgan tadbir yoshlardagi kuch-g‘ayrat o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot tajribasini birlashtirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Keksalarning o‘gitlari, turli sohalarda yutularga erishgan o‘rta yosh vakillarinng chiqishlari yoshlarni chuqur bilim olishga, doim yaxshilik qilishga, yaxshi inson bo‘lishga undadi.
Bir so‘z bilan aytganda “Uch avlod uchrashuvi” yoshlarning nafaqat ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, balki faxriy ustozlarning hayot maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati .