Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2022
Chop etish
“Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi taqdimot marosimi o‘tkazildi.

 Turkiy xalqlari adabiyoti o‘ziga xos tarixga ega: u ijtimoiy hayotning har bir davrlarida juda katta iste’dodlarga va ular yaratgaan boy adabiyot namunalariga ega. Bunday iste’dod egalarining o‘zlariga tegishli davrlarda bir-birida takrorlanmaydigan ijodiy usuli va uslubi, faqat o‘ziga xos ovozi va sozi bo‘lganlar. Shu tufayli turkiy xalqlari adabiyoti tarixi sahifalari qadim-qadimlarga borib taqaladi, bog‘lanadi, o‘zining keng qamrovli, sermazmun va serjilo boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ulardan insoniyat ko‘p-ko‘p asrlar davomida ma’naviy-ma’rifiy bahra olib kelganlar. Bunday ijodiy va amaliy jarayon hozir ham uzluksiz davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi, Firat Universitetining “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Erjan Alkaya, Jizzax davlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori  Umurzoq Jumanazarov, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b Guljahon Jumanazarovalarning Turkiya Jumhuriyatida nashr etilgan “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi taqdimot  marosimini Jizzax davlat pedagogika instituti rektori professor Sh.Sharipov ochib berdi.

 

“Joriy yilning 14 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta’lim tizimida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida xorijiy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yaratish va dunyo miqyosiga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda bir qator xayrli ishlar boshlandi. “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiya ham takidlangan ishlarning biri sifatida etirof etish mumkin”- deydi institut rektori Sh.Sharipov

Taqdimot marosimida shuningdek “Turkiy xalqlari adabiyoti” monografiyasi haqida qisqacha axborot, ushbu Kitobning Turkiyada nashr etilishi va kelgusidagi vazifalari bilan bir qatorda hamkasblar va taqdimot marosimida ishtirok etayotgan olimlarning ham  kitob  bo‘yicha  fikr mulohazalari tinglandi.

 

Onlayn muloqot orqali o‘z fikrlari bildirgan profesor Erjan Alkaya Turkiy adabiyotining qadim zamonlardan buyon to hozirgi kunlargacha juda katta taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirganligini, noyob adabiyot namunalari insoniyatning ma’naviyat xazinasi, targ‘ibotchisi va ulkan tarbiyachisi bo‘lib xizmat qilib kelayotganligini alohida ta’kidladi.

Turkiy xalqlari adabiyoti haqida har bir davrda har bir xalqning o‘zida ham, ulardan bahra olgan boshqa xalqlar adabiyotshunosligida ham yetarli fikr-mulohazalar aytilgan va yozilgan. Demoqchimizki, turkiy xalqlari adabiy jarayonida shu adabiyot xazinasidan munosib o‘rin olgan ming-minglab ijodkorlarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida, adabiyot taraqqiyoti tarixidagi o‘rnini belgilovchi, unda qanday rol o‘ynaganligini izohlovchi, kitobxonlarga ma’naviy ozuqa beraolgan jihatlarini adolat tarozisi bilan baholovchi turli xil tillardagi ming-minglab maqolalar, yuzlab monografik tadqiqotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan.. Xorijlik hamkasblar hamda Jizzax davlat pedagoigka instituti professsor-o‘qituvchilari hammuallifligida chop etilgan “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiya ham o‘quvchilar uchun bebaho bilim manbai bo‘lib qolishiga umid qilamiz.

Ta’kidlash joiz  “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi Turkiyaning “KESİT YAYINLARI” nashriyotida chop etildi va www. kesityayinlari.com. saytida sotuvga qo‘yildi. Bundan tashqari, ushbu kitobning birinchi nashri Germaniyada ham chop etilib, www.morebooks.shop.com. saytida sotuvga qo‘yilgan.


Ulashish:
832
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.