Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/05/2023
Chop etish
“Tinchlik ulug‘ ne’matdir!”

JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida  “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni ostida “Tinchlik ulug‘ ne’matdir” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’sul xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda  talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor F.Akchaev ochib berdi.

“Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning xaqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzotni komillik va ezgulikka chorlashi bilan bog‘lik.

Taassufki, xozirda islom dinini niqob qilib, manfur ishlarini amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, ulardan o‘zlarining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz zarur. Bugungi tadbir ham ana shu maqsadda tashkil etildi”- deydi universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha birinchi prorektor F.Akchaev

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, yoshlarimizning ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’sul xodimi  Jaxongir Meliqo‘ziev aynan halollik, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar muqaddas dinimizda o‘z aksini topganligini. Afsuski, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarni bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ortidan ko‘plab noxush voqealar yuzaga kelayotganligini va bu ishlar talaba yoshlarimiz o‘rtasida uchrayotganini achinish bilan ta’kidladi.

Notiq shuningdek o‘z ma’ruzasida, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

“Tinchlik ulug‘ ne’matdir” shiori ostida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida talaba yoshlar ham mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.


Ulashish:
1 087
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...