JDPU o’qituvchisi D.Z. Tursunova
Annotatsiya: Ushbu maqola ta’lim tizimida tanqidiy fikrlash texnologiyasi usul va metodlari bilan ochib berilgan.
Kalit so’zlar: Tanqidiy fikrlash , gepotiza, fikr , shaxs, texnologiya, qiziquvchanlik, bilm, ko’nikma, malaka, axborot.
Аннотация: В данной статье описаны методы и приемы технологии критического мышления в системе образования.
Ключевые слова и понятия: Критическое мышление, гипотеза, мнение, личность, технология, любознательность, знание, навыки, компетентность, информация.
Annotation: V dannoy state opisany metody i priemy tekhnologii kriticheskogo mishleniya v sistem obrazovaniya.
Key words and concepts: Critical thinking, hypothesis, opinion, personality, technology, curiosity, knowledge, skills, competence, information.
Dunyoda inson kapitaliga bo’lgan ehtiyojning ortishi «aql va mantiq» kategoriyalariga turli madaniy ta’limiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi , yoshlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o’lchov sifatida qaralishiga sabab bo’lmoqda. Dunyoning yetakchi ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchilarning intellekti va dunyoqarashini rivojlantirishda tabiiy fanlarni o’qitish, integrallashgan interfaol ta’lim texnologiyalari, virtual va eksperimental loyihalarni joriy etish orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari yo’lga qo’yilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Maktabda o`qitish metodikasi o`zgarmasa, ta`lim sifati ham, muhit ham o`zgarmaydi” degan edi.[1]
Tanqidiy fikrlash – muhokama qilinayotgan masala bo’yicha o’z pozitsiyasini egallash va uni asoslash qobiliyatini, suhbatdoshni tinglash, dalillarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqish va ularning mantig’ini tahlil qilish qobiliyatini ta’minlaydigan fikrlash; nafaqat axborotni o’zlashtirish, balki uni tanqidiy baholash, tushunish va qabul qilish qobiliyati. Bu nima qilish va nimaga ishonish haqida qiyin qarorlar qabul qilish uchun aqlli, muvozanatli yondashuv. Tanqidiy fikrlash ma’lum miqdordagi ishonchsizlikni, umume’tirof etilgan haqiqatlarga shubhani o’z ichiga oladi. Tanqidiy fikrlash – bu qiziquvchanlik va tadqiqot usullaridan foydalanish.
Pedagogika va psixologiyaning vazifasi mustaqil fikrlaydigan va harakat qila oladigan shunday shaxsni tarbiyalashdan iborat bo’lib, bu shaxsning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini nazarda tutadi. Pedagogik avtoritarizmdan voz kechish, sodir bo’layotgan voqealarni baholashda bir tomonlamalik ta’lim tizimida turli xil ilmiy izlanishlarni talab qildi, ular orasida o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muammosi muhim o’rin tutadi[2].
- umumlashtirilgan fikrlash;
- bu muammoli va baholovchi fikrlash;
- Bu asosli fikrlash;
- axborot fikrlash jarayonining yakuniy nuqtasi emas, balki boshlang’ich nuqtasidir;
- savollar berish va hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarga oydinlik kiritishdan boshlanadi.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bilimlarni izlash va mustaqil o’zlashtirishga urg’u berish;
- talabalarning oldingi tajribasi va bilimlaridan faol foydalanish;
- o’zaro munosabatlarning barcha darajalarida o’z nuqtai nazarini, o’z pozitsiyasini ifodalashni, fikr almashishni rag’batlantirish;
- xulosalar, hukmlar, pozitsiyalarni asoslash uchun sharoit yaratish;
- yangi bilim va tajribani sinab ko’rish va qo’llashga urinishlarni rag’batlantirish.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bilimlarni izlash va mustaqil o’zlashtirishga urg’u berish;
- talabalarning oldingi tajribasi va bilimlaridan faol foydalanish;
- o’zaro munosabatlarning barcha darajalarida o’z nuqtai nazarini, o’z pozitsiyasini ifodalashni, fikr almashishni rag’batlantirish;
- xulosalar, hukmlar, pozitsiyalarni asoslash uchun sharoit yaratish;
- yangi bilim va tajribani sinab ko’rish va qo’llashga urinishlarni rag’batlantirish.
Fikr inson faoliyati, uning o’zligini kuchi, qudratini, o’zigini tashkil qiluvchi ma’naviy-insoniy sifatdir.
Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy xarakatlantiruvchi kuch bo’lganligi uchun fikr rivojining tarixi inson munosabatini, xayotning belilovchi asosiy ijtimoiy tamoyillar tarixiga bog’liq[3].
Inson yaritishilining ilk davrlarida fikr tabiatdagi jarayonlarini anglash ulardan yashash uchun foydalanish va o’zini muhofaza qilish shaqlida bo’lgan. Shu tariqa inson fikri rivojlanib inson mehnatining boshqa moddiy-ma’naviy ko’rinishlari vujudga kela boshladi.
Firk nima? Fikr inson miyasida ma’nolarning o’zaro bog’lantirilishi va rivojlantirilishi. Biz eng zamonaviy zamonaviy ta’rif.
Fikr bosqichlari: Anglash, mushohada, shuur, tafakkurdan iborat.
Shuur 3 narsadan iborat:
Fikr ravshanlashuvi,
Mushohada
3 Anglash.
Fikrning quvvati-uning ilmiyligi, chuqurligi, fikrning ziynati, ezgu niyat, maqsadga bag’ishlanganligi, kengligi (keng qamrovligi) fikrga sofligi-poklik, aniq sohaga yo’nalganligidir.
Fikrlashning xronologik, muammoli, gipotetin, evristik, intuktiv, xokazo turlari mavjud.
Umuman fikrlash turlarini tizimiga solinsa asossauiyatiya sabab va oqibat mantiqiy fikrlashlarga bo’linadi.
Fikr tarbiyasi haqida buyuk pedagog A.Avloniy “Fikr tarbiyasida eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinib, kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir deydi.
Fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdir. Dars ila ikkisi bir biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga joylashgan.
Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar deydi Prezidentimiz I.Karimov “Tafakkur” jurnalining bosh muharriri bilan bo’lgan suhbatda.
Demak, inson o’z hkayoti va faoliyatini mazmunli o’tkazish uchun avvalo o’zini o’rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo’lishi lozim. Chunki inson aqli va uning hayotida muhim o’rin tutishi, aql-idrok tufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo’ylik, to’g’rilik, uzoqni ko’ra bilish, nafsning kuyiga tushmaslik kabi xususiyatlarni amalga oshirishi mumkin. Xalqimizning “Aql insonning ko’rki”, “Aql suvdan tiniq, oynaday ravshan” kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuniig uchun ham aql inson uchun g’oyat oliy ne’matdir. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lgan lardan hadis olmaguncha, etuk muhaddis bo‘laolmaydi”. Imom Buxoriy ushbu fikri o‘quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi.Bugungi kunda ta’lim sohasida misli ko’rilmagan yangiliklar biz kabi pedagog hodimlarni yanada jadal ishlashga da’vat etmoqda[4].
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Sh Mirziyoyevniոg “Mamlakatimizda ta`lim –tarbiya tizimini takomillasհtirish “Ilm –fan sοhasi riνojini jadallasհtirish masalalari bo`yicha νideoselektor yig`ilishi” dagi nutqi 30 –oktabr 2020- yil.
- G‘аffоrоvа Mustаqil fikrlаshgа о‘rgаtish bugungi kundа tа’limning аsоsiy vаzifаlаridаn biridir. Bоshlаng‘iсh tа’lim jurnаli. 2012 y. 9 –sоn
- Quronov M. O‘zbekistoո umսmiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyaոiոg ilmiy pedagogik asοslar: Ped. Fan. dokt. Diss-T: 1998
- O’quvchilarning mustaqil fikrlashini tarkib toptirishning pedagogik ahamiyati. Xalqaro konferensiya. g.Novosibirsk 2021 y.