Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/10/2022
Chop etish
“Ta’lim va amaliyot integratsiyasi” mavzusida  davra suhbati tashkil etildi.

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasi tashabbusi bilan “Ta’lim va amaliyot integratsiyasi” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Dilfuza Sadriddinova ishtirokidagi tadbirda maktab menejmenti bakalavriat yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasalari boshqaruvi magistrantlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Bunda, rahbarlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etishda talabalarning amaliyot o‘tash holati, ta’lim sifatini oshirishda hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni bartaraf etish choralari, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zaruriyati haqida ma’lumotlar berildi. Yakunda menejerlik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlar zahirasini shakllantirish, kadrlarni tayyorlashda xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.


Ulashish:
695
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.