Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2017
Chop etish
Talabalarimiz pedagogik amalyotda

Jizzax davlat pedagogika instuti Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo`nalishi 404-guruh talabasi Mirzaakbarov Sultonbek Jizzax viloyati Paxtakor tumani 9-umumiy o`rta ta`lim maktabida pedagogik amaliyoti jarayonida 20.04.2017 yil 7-“A” sinfda “ World Spots” mavzusida ochiq dars o`tkazdi

amalyot1

O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashdi. Dars o`tgan darsda berilgan topshiriqlarni “Charxpalak” usulidan foydalanib tekshirish bilan boshlandi va o`quvchilar baholandi. Yangi dars uchun berilgan mavuga doir tushunchalar berish bilan dars boshlandi.

amalyotO`quvchilarga o`qituvchi tomonidan savollar berildi va o`quvchilar bunda faol qatnashishdi. Yangi mavzuni tushuntirishda o`qituvchi video fayllardan foydalandi va doskaga yopishtirilgan savollarga birma-bir javob bera berishdi. Bunda “Fly High 7” kitobidagi “The Statue of  Liberty” matnini o`quvchilar musobaqa tarzida o`qishdi va 3 guruhga bo`lingan holda o`quvchilar birdamlikda ishlashdi. O`qituvchi o`quvchilarga “The Statue of Liberty” haykali tushirilgan sur`atni o`quvchilarga “puzzle” sifatida berdi va birinchi bo`lib to`g`ri topgan guruhga sariq, qizil, va yashil kartochkalar tarqatildi. Dars jarayonida AKT lardan to`liq foydalinildi, hamda turli xil noan`anaviy usullar asosida dars oldiga qo`yilgan maqsadga erishildi. Ushbu dars oxirida o`quvchilar The Statue of Liberty mavzusi bo`yicha ko`nikma hosil qildilar.


Ulashish:
1 536
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.