Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Talabalar bilan  yaqindan tanishuv tadbirlari davom etmoqda.

Institut “Madaniyat saroyida” bo‘lib o‘tgan  navbatdagi tadbirga universitetning O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga talabalikka tavsiya etilgan birinchi kurs talabalari  taklif etildi. Talaba yoshlarni Oliygohdagi  mavjud shart-sharoitlarga ko‘niktirish, moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha  tashkil etilgan tanishuv tadbirni  Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Ziyoda Abduvalieva ochib berdi. U o‘z so‘zida  talaba yigit qizlarni talabalik unvoni bilan tabriklash bilan bir qatorda universitet faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Haqiqiy talaba albatta yuqori natijalarga erishib iqtidori va turli g‘oyalarini namoyish etishni istaydi. Buning uchun oliygohda barcha sharoitlar mujassam. Oliygohning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplyans nazorat bo‘limi boshlig‘i Abutolib Umrzoqov bu borada talabalarga ma’lumot berish bilan bir qatorda, korrupsiyaning oldini olish, adolat va shaffoflikni ta’minlashda talaba yoshlar bian yaqindan hamkorlik qilish ijobiy samara berishini ta’kidladi. Tadbir davomida talabalarga universitetning strukturasi, tarixi, fakultetlari va jamoasi tanishtirilib, universitetning ichki tartib-qoidalari, talabalar turar joylarida axloq odob normalari shuningdek, to‘lov kontrakt tizimi to‘g‘risida batafsil ham   ma’lumotlar berildi. Talabalarni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish  tadbiri yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishdi. Savolarga Profilaktika inspektori Abdulakimov Sanjar, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Begzod Nomozovlar batafsil javob berishdi.