Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/08/2022
Chop etish
Talaba bo‘lishga tayyormisiz, abiturientlar?

Xabaringiz bor 8 avgustdan beri  Jizzaxdagi “Sug‘diyona” markaziy o‘yingohi atrofi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abiturientlar, ularning yaqinlari bilan gavjum. Bugun test jarayonlaring to‘rtinchi kuni. DTM ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Jizzax viloyati bo‘yicha OTM lariga kirish istagida bo‘lgan abiturientlar soni  66 420 nafarni  tashkil etadi.  Jizzax davlat pedagogika universiteti abiturientlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib,  bu yil oliygohga 35 706 nafar yoshlar hujjat topshirgan.

 

 

 

Ko‘rib turganingizdek Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari test jarayonlariga qatnashadigan abiturientlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.

Muborak opa bugun qizi Madinabonunini qo‘llab-quvvatlash uchun  bu yerga kelgan. Madinaning ilk tanlovi  Jizzax davlat pedagogika universitetining defektologiya yo‘nalishidir. U uch yildan beri omadini sinab keladi, Bu safar omad unga kulib boqishiga qattiq ishonadi.

 

Soat 7 ga yaqinlashmoqda. Abiturientlar uchun hayajonli lahzalar boshlandi. Darvozadan tashqarida ularni umid bilan yaqinlari, do‘stlari kutib turishibdi. Biz esa farzandalaridan kam bo‘lmagan hayajon bilan, ularga omad tilab turgan  ota–onalarni suhbatga tortamiz.

O‘zini Nasiba deya tanishtirgan onaxonning qizi bu yil ilk marotaba oliy ta’limga hujjat topshirayapti. U ham JDPU ning Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini ilk tanlov sifatida tanlagan. Onaxonning hayajoni bizga ham ko‘chdi. “Qizim qatori mana shu yerga kelgan barcha o‘g‘il-qizlarimiz talaba bo‘lsin”,-deydi Nasiba opa

Test sinovlari davom etmoqda, jarayonnig ilk soat ham o‘tdi, ayni paytda ham  hayajon, ham umid bilan  test savollarini yechayotgan barcha yoshlarimizga omad kulib boqsin. Barchangiz talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ling aziz yoshlar!

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati


Ulashish:
869
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.