Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/10/2022
Chop etish
Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun…

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi

Yoshlar innovatsion faollar zalida «11-oktyabr Xalkaro qizlar kuni» munosabati bilan «Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun!» shiori ostida o‘tkazilgan tadbir uch bosqichda o‘tkazildi.Tadbirning birinchi bosqichida JDPU Fizika va texnologik ta’lim fakulteti «Dizayn» yo‘nalishi talaba-qizlarining «Liboslar ko‘rgazmasi» namoyishi bo‘ldi. Tadbirning ikkinchi bosqichida mutaxassislar tomonidan «Sayer qabul» tashkil etildi. Bunda talaba-qizlar tomonidan muammoli masalalar ko‘rib chiqildi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Qizlarning o‘z ijod namunaridan sheriy mushoira tashkil etildi. Tadbirning uchinchi qismi talaba-qizlarining tasviriy san’at, qo‘l mexnati, tikish-to‘qish ishlari ko‘rgazmasi bilan davom etdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbir konsert dasturi bilan ishtirokchilarni xushnud etdi. Tadbir JDPU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Abduvalieva, Boshlang‘ich ta’lim, Fizika va texnologik ta’limi, Pedagogika-psixologiya fakultetlari xotin-qizlar ishlari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-qizlar tashkilotchiligida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
649
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.