Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/08/2026
Chop etish
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri sun’iy intellekt yo‘nalishida 2+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish masalasi bo‘ldi. Tomonlar dastur doirasidagi o‘quv rejalari va fan dasturlarini muvofiqlashtirish, ta’lim jarayonini tashkil etish, kontrakt to‘lovlari, talabalarni qabul qilish va o‘qitish mexanizmlari kabi muhim masalalarni muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida qo‘shma ta’lim dasturini 2027-yil sentyabr oyidan boshlab yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda Sejong universiteti tomonidan tashkil etiladigan SW Coding Competency Test (TOSC) — dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda tegishli sertifikat taqdim etishga mo‘ljallangan xalqaro test sinovlarini JDPUda muntazam o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. TOSC orqali ishtirokchilar C va Python dasturlash tillari bo‘yicha o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 


Mazkur tashabbuslar Jizzax davlat pedagogika universitetida sun’iy intellekt va dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarning zamonaviy raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 009
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.