Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2020
Chop etish
“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida  tadbirlar  davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 apreldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” to‘g‘risidagi PQ-4687-sonli Qarorida

asrlar davomida xalqimiz tomonidan ezgulik, saxovat, sabr-qanoat, mehr-shavqat oyi sifatida nishonlanib kelinayotgan muborak Ramazon oyini islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalarini keng targ‘ib qilish hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlma qo‘llab-quvvatlash, oila, mahalla, mehnat jamaolarida mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash borasida tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilangan.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham ushbu tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish yuzasidan barcha kasaba uyushmalari tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalarni belgilagan.  Jizzax davlat pedagogika instituti  boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan ushbu chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda Ramazon oyi munosabati bilan butun yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Saxovat va ko‘mak” oyligi doirasida institutda mehnat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami qirq nafar xodimlarga jami o‘n bir million sakkiz yuz ming so‘mlik turli xildagi kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ushbu xodimlarning o‘ttiz sakkiz nafari bugungi kunda institutda mehnat qilayotgan xodimlar bo‘lsa, ikki nafari nafaqadagi bemor yotgan xodimlar bo‘lib, institut rahbariyati va kasaba uyushmasi vakillari ishtirokida ularning uylariga borib ahvollaridan xabar olindi.

Jumladan, institutda uzoq yillar davomida kutubxona mudirasi vazifasida ishlab kelgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan Aliqulova Sottixon opa uning holidan xabar olishga kelgan hamkasblarni ko‘rib behad quvonganini, muhtaram yurtboshimiz tomonidan faxriylarga berilayotgan e’tibordan behad mamnunligini, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, jumladan, oliy ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida institutimiz bosh binosida katta ta’mirlash ishlari olib borilgani va butunlay zamonaviy qiyofa kasb etayotganini muntazam eshitib, kuzatib borayotganini, o‘zlari ishlagan davr bilan bugungi kundagi xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni taqqoslab, har dam buning qadriga yetib, vatan taqdiri uchun fidoiylik bilan mehnat qilish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

 

 


Ulashish:
787
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.