Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2022
Chop etish
Sa’nat ustalari Jizzaxda…

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali  teatri aktyorlar jamoasi  Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lishdi.

Institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalarninng  mazmunli dam olib, madaniy hordiq olishlari uchun tashkillashtirlgan ushbu ushrashuvda el tanigan  ustoz sa’natkorlar mehmon bo‘lishdi. Konsert dasturini institut Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida dramaturgiya, aktyorlik, musiqa, raqs, tasviriy san’atni o‘zida mujassam etgan teatr san’ati tomoshabinlarning xususan yoshlarning ma’naviy va estetik tarbiyasi yuksalishida muhim o‘rin egallashini, Bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat tasarrufidagi 37 ta teatr  ichida Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri aktyorlari o‘ziga xos sehru jozibasi, go‘zallik va nafosatini namoyish etib, xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv  mobaynida ustoz sa’nakorlar kasbga mehr, vatanga sadoqat, kasb egallashga bo‘lgan qiziqishlar borasida qiziqarli ma’lumotlarni yetkazishdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar ham  mehmon sa’natkorlar bilan kelajak rejalarini o‘rtoqlashishdi. Bundan tashqari, tadbirda mexmonlar tomonidan yoshlar yo‘llagan savollarga javoblar berildi. Tadbir so‘ngida aktyorlar jamoasi  yig‘ilganlar e’tiboriga o‘zlarining badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Muloqot ruhida kechgan tadbirga sa’natkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x taronalar, so‘z ustalari va aktyorlarining hazil-mutoyibaga boy chiqishlari yanada shukuh bag‘ishladi. Jizzax davlat pedagogika instituti  kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida uyushtirilayotgan ushbu tadbir haqiqiy bayram kechasiga aylanib ketdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
867
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.