Institut faxriylar va jamoatchilik kengashi a’zolari, professor o‘qituvchilaridan iborat institut jamoasi qadim va navqiron Samarqand viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi
8 yanvar kuni institut kasaba uyushmasining tashabbusi bilan institut faxriylar va jamoatchilik kengashi a’zolari, professor o‘qituvchilari dan iborat institut jamoasi qadim va navqiron Samarqand viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdan boshladi deb habar qiladir Jizzax dalat pedagogika instituti matbuot xizmati.
Ziyoratchilar dastlab Samarqand viloyati Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘idagi buyuk muhaddis, islom olamining yirik vakili Xo‘ja Ismoil Buxoriy qabrini ziyorat qilishdan boshlab, u yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, alloma qoldirgan ma’naviy me’roslar bilan yaqindan tanishib, buyuk alloma haqiga kuron tilovat qilishdi. So‘ngra ziyoratchilar Samarqanda shahrida birinchi prezidentimiz mangu orom olgan Xazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, davlat va jamoat arbobi, buyuk siyosatchi Islom Karimov ruhi poklarini yod etdilar. Shundan so‘ng, ziyoratchilar Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Bibi Xonim, Go‘ri Amir, Registon tarixiy me’moriy yodgorliklar majmualarida bo‘lishib, buyuk avlod va ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan osori atiqalar, sharq halqlari tamadduni rivojiga munosib xissa qo‘shga Samarqandning tarixi, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.