Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2020
Chop etish
“Rus tili va adabiyotiga muhabbat” Tula davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan olimpiada ana shunday nomlandi.

N. Tolstoy nomiidagi Tula davlat pedagogika uniiversiteti A. S. Pushkinning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan xorijiy talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan  XII xalqaro rus tili Olimpiadasi natijalarini umumlashtirdi.

Olimpiada Tula davlat universitetining xalqaro fakulteti tomonidan tashkil etildi va LMS Moodle platformasida masofadan turib o‘tkazildi.

Tanlovda Rossiya va xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan 100 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

Olimpiada  natijalariga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari ham faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan Xorijiy tillar fakulteti rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz E. Shabaeva birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, A. Xasanova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalarimizni  Jizzax davlat  pedagogika  instituti jamoasi chin dildan qutlaydi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
873
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.