Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2020
Chop etish
Ruhiyat manzili…

Qo‘rquvni yengish uchun nima qilish kerak?

Javob juda oddiy: qochmaslik kerak.

Inson o‘z qo‘rkuvini yengishi va unga xilof  ravishda ta’lim olish uchun navbatdagi  qadamini tashlashi kerak, keyin yana bir  qadam, yana. U butunlay dahshatga tushgan  bo‘lishi, biroq  to‘xtamasligi  kerak.

Qoida  shunday. Va shunday kun keladiki, uning  birinchi dushmani chekinadi. Inson o‘ziga  nisbatan ishonchni his qiladi. Uning  intiluvchanligi mustahkamlanadi. O‘rganish  endi qo‘rqinchli ish bo‘lmay quyadi. Ana shu  kun kelganda inson hech ikkilanmay  o‘zining azaliy dushmanini yengganligini  aytishi mumkin.

Deyarli xar bir kishi nimadandir qo‘rkadi. Kasal bo‘lish va  o‘lishdan, pul yo‘qotishdan, uni kimdir urishi yoki o‘ldirishidan,  sevimli kishisi tashlab ketishidan qo‘rqadi.

Qo‘rkuv odamni  doimiy taranglikda ushlab turadi, uning harakat qilishiga imkon bermaydi. Bu ham yetmaganday, qo‘rkuv haqidagi fikrlar  doimiy ravishda miyada aylanib, tom ma’noda shunday  vaziyatlarni tortib oladi. Odamga xavf tahdid qilganda uning  qoniga ko‘pgina gormonlar otilib chiqib, tomir urishini  tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarining  qisqarishini kuchaytiradi, metabolizmni tezlashtiradi,  mushaklarda taranglikni xosil kiladi.

Qo‘rkuvdan xalos bo‘lmokchi bo‘lsangiz, ishonishni o‘rganing.

Bu dunyodagi xamma narsaga: o‘zingizga, odamlarga,voqealarga

ishonishni. Biroq  birinchi navbatda o‘z ichki Kuchingizga  ishonishni o‘rganing. Esda tuting – siz o‘z olamingizni o‘zingiz  yaratasiz. Va bu olam – Koinotdagi eng xavfsiz joy. O‘z xayotingiz  uchun javobgarlikni zimmangizga oling. Sizning olamingiz  sizning fikrlaringizga boglik. O‘zingizni Koinotdagi eng  himoyalangan mavjudot deb xis kiling.

O‘rab turgan olamdan  faqat yaxshilik kuting. Mana bu fikr ongingizdagi  eng muhim fikrlardan biri bulsin:

«Men o‘zimni  yaratgan Kuch bilan bir butunman. Men – xavf-xatardan butunlay  holiman. Men o‘z Ichki Kuchimga ishonaman va ruxiy xotirjam- likka erishaman»

 

     Jizzax davlat pedagogika instituti psixologi  S.Nomozov


Ulashish:
673
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.