Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/04/2020
Chop etish
Ruhiyat manzili…

           ENERGIYAMIZNI KO’PAYTIRAMIZ

MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH:

Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O’shalarning ro’yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to’xtatadi.

ODAMLARGA FOYDANGIZ TEGSIN:

Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to’laverasiz. Qo’lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko’p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo’lib qaytadi!

 MAKSIMUM XARAKAT:

Tana xarakatda bo’lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to’ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan: Liftda emas, zinadan chiqish;Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug’ullaning!

MEDITATSIYA:

30 daqiqa ko’zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya’ni jim-jitlikda o’tirish ham, eng samarali energiyaga to’ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o’zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.

MAQSAD QO’YIB, UNI AMALGA OSHIRISH:

Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo’yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o’ziga yarasha energiya bilan beriladi.

AYNI DAMDA YURAGINGIZ JIZ ETGAN ISHNI QILING:

Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O’zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo’lini toping. Hal qiling. Ko’nglingizga yoqgan ish bilan

shug’ullaning

ЖДПИ психологи: С. Намозов


Ulashish:
832
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.