Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2026
Chop etish
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.

JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda magistrantlari bilan hamkorlikda “Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’lim tizimi” mavzusida qo‘shma onlayn dars tashkil etildi.

Dars davomida Finlyandiya, Singapur, Yaponiya, Turkiya va O‘zbekiston ta’lim tizimlari yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, Jeopardy platformasi orqali magistrantlarning bilimlari mustahkamlandi, ishtirokchilar tomonidan o‘zbek va turk xalqlari madaniyati namoyish etildi.

Dars ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikning amaliy namunasi sifatida yuqori saviyada o‘tkazildi. Yakunda hamkorlar tashkil etilgan qo‘shma dars uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini izhor etdilar.


Ulashish:
1 024
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.