«Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy seminari» ishtirokchisi Muqaddas Mamarasulova rektor qabulida bo‘ldi.
Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Muqaddas Mamarasulova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan «Do‘rmon» ijod uyida «Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy seminari» da “Badiiy tarjima” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan edi. Ushbu seminardan bir olam taassurotlar bilan qaytgan talabamiz ilmiy raxbari S.Sadikova bilan oliygoh rektori qabulida bo‘lishdi.Uchrashuv davomida Muqaddas Mamarasulova seminar taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Institut rektori Sh.Sharipov ustoz va shogiridni yutug‘lari bilan tabriklab, iqtidorli talabamizning “Badiiy tarjimonlar uyushmasi”ni ochish taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbat davomida kelgusida iqtidorli talabamizning nafaqat shu yo‘nalishda balki boshqa yo‘nalishlarda ham iqtidorini namoyon qilib, tashabbuskorlikni qo‘ldan bermasligini ta’kidlab o‘tdi.