Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/04/2022
Chop etish
“Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Ilm insonni kamolotga yetaklaydi». Joriy yilning 14 aprel kuni JDPI akademik litseyida o’tkazilgan «Rektor va Yoshlar» uchrashuvi aynan shu so’zlarni yorqin ifodasi bo’ld. Ko’tarinki va samimiy ruhda o’tgan uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.Saripov, JDPI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, akademik litsey direktori B.To’xtamishev ishtirok etib, o’quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikĺashdi. Respublikasi fan olimpiadasini viloyat bosqichi g’oliblari, Xalqaro Matematika – WMI 2022  olimpiadasi oltin medal sovrindorlari,  «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi va sport musobaqalarini Respublika birinchiligi  g’oliblari hamda ularning ta’lim bergan  Ustozlari faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan  rektor   prof.Sh.Sharipov tomonidan taqdirlandi. Uchrashuvda akademik litsey tarix fani o’qituvchisi Bahrom Orziqulovning ilmiy izlanishĺari natijasi  yaratgan  «Ozbekistonda ziyorat turizmi» nomli mobil ilovasining patenti topshirildi. Patent Germaniynaning Berlin shahrida xalqaro Bern konvensiyasida tasdiqlangan. Bu mobil ilova haqida B.Orziqulov slayd  taqdmot asosida izoh berdi. Tadbirni akademik litseyning ijrochi  direktori J.Yusupov o‘quv dargohida erishilgan yutuqlar va yangiliklar bilan yakunladi. Rektor va Yoshlar uchrashuvi barcha Ustozlar va o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ularni keyingi o’qishlariga  haqiqiy motivasiya bo’ldi desak adashmagan bo‘lamiz.

 


Ulashish:
824
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.