Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Rektor minbari

Pandemiya sharoitida OTMlarga kirish imtihonlarini jamoatchilik nazorati ostida shaffof hamda abiturientlar salomatligini saqlagan holda o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlar haqida. COVID-19, yurtimizdagi karantin holati bilan bog‘liq vaziyat albatta, odamlarning hissiy holatiga o‘ziga xos ta’sir etishi tabiiy. Biz bu vaziyatni boshdan kechiryapmiz va unga har xil munosabatda bo‘lyapmiz. Pandemiya sharoitida ko‘pchilikda stress, xavotir yoki qo‘rquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi tabiiy. Bularning ichiga albatta ochiq osmon ostida test hamda kasbiy-ijodiy  imtihonlarni  topshirishni rejalashtirayotgan abiturientlarimizni ham qo‘shishimiz tabiiy, chunki ular nafaqat imtihon oldi hayajon , balki pandemiya munosabati bilan  yuzaga kelgan bezovtalik  hissi  vaziyatni yanada qiynlashtirishi   mumkin. Mana shunday sharoitda kasbiy- ijodiy imtihonlarni topshirish uchun kelgan abiturientlarga ruhan yordam ko‘rsatish ularni qo‘llab quvvatlash biz oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining eng muxim vazifamizdir. Bu yil Jizzax viloyatidagi OTMlariga 70 ming 743 nafar abiturient hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan  48011  nafarini A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga topshirgan abiturientlar tashkil qiladi. Ayni kunlarda  2020/2021 o‘quv yili uchun JDPIda  kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarni o‘tkazishga tayyorgarlik  ishlari  qizg‘in ketmoqda. Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi, sirtqi bo‘limga hujjat topshirgan  jami 5080 nafar abiturientlar  2 sentabrdan to – 18 sentabrgacha shaxrimizdagi  Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi sport maydonlarida kirish imtixonlarini topshirishadi. Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha 784 nafar  abiturientlarimiz esa aynan shu sanada JDPI madaniyat saroyida imtixon topshirishadi. Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha imtixonlarni  topshiradigan abiturientlarimiz  uchun  esa JDPI sport majmuasi tayyorlab qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki yuqorida sanab o‘tgankasbiy va ijodiy imtixonlar o‘tkaziladigan joylarda abiturientlar uchun yetarlicha  sharoitlar yaratilgan. Jumladan har bir imtixon topshiruvchi abiturient  6metr kv. Oralig‘ida masofa saqlangan xolatda imtixon topshirishlari   uchun ish qurollaridan tortib ichimlik suvi, dizinfeksiya vositalari, hamda himoya vositalarigacha (rezina qo‘lqop va tibbiy niqoblar)  institut hisobidan taxt qilib qo‘yilgan. JDPI da kasbiy (ijodiy) imtixon topshiradigan barcha abiturentlar soni 6912 nafarni tashkil etadi. Ularning ichida nogironligi bor abiturientlarimiz ham bor. Biz ular uchun ham yetarli sharoitlarni yaratib qo‘yganmiz. Bu yil pandemiya munosabati bilan barcha abiturientlar ochiq osmon ostida test topshirishadi. Aytish joizki bu borada ham kerakli ishlar amalga oshirilayapti.Bugun Jizzaxning Sug‘diyona  Markaziy sport stadionida   3240 nafar abiturient test topshirishi uchun tayyorlab qo‘yilgan. Xullas Jizzax davlat pedagogika instituti bugun hayajonli lahzalarni boshdan kechirayotgan, orzular olamida suzayotgan va nihoyat talablik baxtiga musharraf bo‘lish ostonasida turgan barcha yigit-qizlarga omad tilaydi. Sizni A. Qodiriy nomidagi JDPI da quchoq ochib kutib qolamiz aziz yoshlar!!! Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.S.Sharipov