Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
05/05/2023
Chop etish
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

Usmonov Murod Sodiqovich– Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.

Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo’lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma’murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o’zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to’lovchilar va soliq organlari o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq bo’lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to’lash va ma’lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti.

Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma’lumotlarni kiritish, to’plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo’lga qo’yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.

Hozirgi kunda ko’plab mamlakatlar sog’liqni saqlash, transport, mudofaa va milliy xavfsizlik kabi ko’plab sohalarda sun’iy intellekt afzalliklaridan foydalanib kelmoqda. Pricewater house Coopers (PwC) konsalting kompaniyasi tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, global sun’iy aql 2030-yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 15,7 milliard trillion AQSH dollarimiqdorida hissa qo’shishi kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o’sishiga olib keladi.

Sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan komp`yuterlar soliq ma’lumotlarini prognoz va tahlil qilish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishda ham katta imkoniyatga ega. Bunday ma’lumotlardan foydalanib yillik o’zgarishlarni kuzatib borish va mablag’larni tejash mumkin.

Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma’lumotlar hisoblanadi. Ularni to’plab, o’rganishlar asosida xulosalar chiqarishda Big Data texnologiyasining ahamiyati katta. Undan qo’pincha salmoqli ma’lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma’lumotlardan qiymat chiqarib olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big Data texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o’sib bormoqda. U 2019-yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2022-yilda 274,3 milliard dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli ma’lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo’yicha maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan.

Nazarimizda, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi va sohaning malakali mutaxasislarga ehtiyojini oshishi oliy ta’lim muassasalarida bo’yicha alohida o’quv yo’nalishini tashkil etilishni taqozo etmoqda. Bu eng avvalo, tizimning salohiyatli kadrlar bilan ta’minlanishiga yanada keng yo’l ochadi.

Jahon tajribasi ko’rsatib turibdiki, sun’iy aql va Big Data texnologiyalari nainki soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron hukumat” faoliyati samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga ham yordam beradi.


Ulashish:
1 107
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...