Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2024
Chop etish
“Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Bugungi kunda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bir qatorda, inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalar ham keng tarqalayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Shu bois mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida  turli uchrashuvlar targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri JDPU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  OAV xodimlari, JDPU professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar bilan bir qatorda IIB vakillari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga  O‘zbekistonda psixotrop moddalar bilan bir qatorda, inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bu illatlarga mubtalo bo‘layotgan bemorlarning ayanchli holatlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, ayniqsa oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari, maktab, litsey o‘quvchilari tomonidan yengil daromad topish maqsadida, giyohvandlik jinoyatlari sodir etilish holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javoblar oldilar.

Tadbir yakunida JDPU talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlaridan hikoya qiluvchi asar namoyish etildi.


Ulashish:
640
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.