Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/07/2022
Chop etish
Pedagogika oliygohlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi JDPU da

Xabaringiz bor joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov boshchiligida pedagogika ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi.  Yig‘lishda oliy ta’lim  bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar qatorida hududlardagi pedagogika oliygohlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhi ham tuzilishi aytib o‘tilgan edi.  Respublikamizdagi  pedagogika oliygohlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha jami oltita ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ularning tarkibiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari, Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va shaxar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari kiritilgan. Kuni kecha Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktor o‘rinbosari, D.Kenjaev boshchiligidagi  ishchi guruhi  Jizzax davlat pedagogika universitetiga yetib keldi. Tashrifning ilk kunida ishchi guruhi a’zolari universitetda yaratilgan sharoitlar  bilan yaqindan tanishishdi.

Uch kunlik tashrif davomida ishchi guruhi a’zolari oliygoh va uning huzuridagi akademik litseyning imkoniyatlarini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, ta’lim muasassasini malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish masalalariga alohida e’tibor qaratishadi. Shuningdek, aniqlangan bo‘shliq va takliflardan kelib chiqib universitetning kompleks rivojlantirish manzilli konsepsiyasini ishlab chiqishga ko‘makchi bo‘lishadi. Pedagogika oliygohlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi 23 iyulgacha Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lishadi.


Ulashish:
977
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.