Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2022
Chop etish
Ozerbayjondan gapiramiz

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan  ajratilgan IL-422105568-sonli “Hayot uchun xavfsiz sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi maxsus mashqlar majmui va uning multimediali elektron dasturiy mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha ijrosi hamda Ozarbayjon Respublikasi Gimnastika federatsiyasining 2022-yil 21-apreldagi taklifnoma xatiga asosan Jizzax davlat pedagogika institutning jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti Alisher  Olimov joriy yilning 10-24 may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Baku shahriga xizmat safariga yuborildi.

Yurtimizdagi bir qancha oliygohlardan taklif etilgan professor-o‘qituvchilar bilan ishchi guruhi a’zosi sifatida birga xizmat safarida bo‘lib turgan hamkasbimiz A.Olimovning xabar berishicha tashrif davomida ishchi guruhihamda loyiha rahbari  B.Musaev  Ozarbayjon davlat va jismoniy tarbiya sport akademiyasi rektori Fuat Gadjiev qabulida bo‘lib oliygoh bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash tug‘risida muzokaralar o‘tkazishgan. Shundan so‘ng akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Taxmina Xanum boshchiligida mehmonlarga o‘kuv jarayoni, me’yoriy xujjatlar tanishtirilgan. Akademiya ilmiy labaratoriyasi bo‘lgan mehmonlarga mudir Xayyam Abbasov ushbu labaratoriyaning imkoniyatlari haqida bergan ma’lumotlari barchada birdek manzur bo‘lgan.


Ulashish:
808
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.