Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/01/2020
Chop etish
O‘zbekistonnig YeOII ga a’zo bo‘lish oqibatlari tahlili.

“O‘zbekistonnig YeOII ga a’zo bo‘lish oqibatlari tahlili “ Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda  A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti talaba yoshlari ishtirok etishdi. Aytish joizki, markaz o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lishining iqtisodiy modellashtirish va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqot natijalari asosida hisobot tayyorlandi.

Taqdimot davomida  markaz vakili Muhammadjon Bobojonov  YeOII doirasida integratsiya jarayonlarining ta’sirini baholash va batafsil tahlil qilingan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi. Jumladan, tadqiqot natijalari va YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin bo‘lgan samaralar haqida ham  to‘xtalib o‘tildi

«O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi milliy mahsulotlarning Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi to‘siqlarni yo‘qotishi va eksportchilar uchun bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ittifoqning kengayishi, bu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarining tashkil etilishi o‘zbek eksportining bu mamlakatlar bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashadi», – dedi  qtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vakili Muhammadjon Bobojonov

Savol javoblar va qizg‘in munozaraga boy bo‘lgan tadbirda  iqtisodiyotning turli tarmoqlari sharoitida O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra “O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi bilan O‘zbekistonda bog‘dorchilik va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga yordam beradigan chegaralardagi keraksiz talab va to‘siqlarni bartaraf etish orqali yetkazib berish logistikasini yaxshilaydi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kamaytiradi.

                                                                                            Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
916
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.